• Video galereya

Umumbashariy nuqtai nazar 5-qism

Global aktyorlar bilan mintaqaviy masalalarga qanday yechim topiladi?

Umumbashariy nuqtai nazar 5-qism

Umumbashariy nuqtai nazar 5-qism

Global aktyorlar mintaqaviy masalalarga qanday yechim topadi?

Prof. Dr. Kudret Bulbul

O'tgan hafta efirga uzalitgan dasturimizda global aktyorlarning mintaqaviy masalalarga yechim topa olmasligiga to'xtalib o'tgan edik. Mana bugungi dasturimizda bu mavzuni chuqur muhokama qilamiz.

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalari bilan tanishtiramiz.

Yaqin tarixga nazar solganda, global kuchlar boshchiligida vujudga keltirilgan xalqaro koalitsiya aralashgan hech qaysi bir davlatda huzur va tinchlik yo’q. Tezkarisiga xalqaro koalitsiya kuchlari oraga kirgan mamlakarlarda davomli barqarorsizlik bo’lganini aytish mumkin. Ushbu davlatlar, ko’pincha, ko’z yoshi, ommaviy ko’chlar, iqtisodiy inqirozlarga  uchragan bo’lib yashanmas vaziyatga keltgandir. Yaqin davrdagi global aktyorlarga umuman nazar solganda, bu achiq haqiqatni ko’rish mumkin.

Sovetlar Ittifoqi davrida boshlagan Afg’oniston urushi sho’ra tarqalganiga qaramasdan hamon davom etmoqda. Mana Saddam Huseyin ham bir diktaror etdi. Uning bosimlari natijasida hayotini yuqotganlar va qiynalganlar soni ko’paygan edi. Afsuski global kuchlar oraga kirishi bilan maydonga kelgan  hodisalarni ko’rib, Iroq xalqining nechi % Saddamli bir Iroqni emasu mana mavjud Iroqni istar edi? Globla kuchlarning oraga kirishi bilan parchalangan, talonga uchragan bir Liviyaning kelajagi qancha umid bermoqda? Yoki Suriyaning? Mahalliy xalq deyarli batamom o’z o’rnidan badarg’a bo’lgan, jonini bergan, madaniyat timsoli Damashk va Halab shaharlari esa vayron bo'lgan, global kuchlarning aralashuvi natijasida istiqbolga kim qanday kelajak bashorat qila oladi?

 

Afg’onistondagi urushlar  tufayli og’ir badal to’lagan Pokiston xalqi hozirgi kunda AQShning tahditlari oqibatida yana ham nozuk vaziyatga kelgandir. Insonlikka namuma komil shaxsiyatlardan biri bo’lgan Aliyaga tahdit, qo’rquv va yolg’on va’dalar bilan imzolatilgan Dalton shartnomasi Bosniyalik musulmonlarga qancha huzur keltirgan? Bosniyalik musulmonlarni ommaviy qabristonlarga ko’mgan Serb qotillar Xalqaro Urush jinoyatlari mahkamasi tomonidan mahkum etilgan, biroq Bosniya-Gersegovina,  Serb, Xorvat  va Bosniyaliklar o’rtasida parchalandi.

Myanmada (Burma) uylari yoqilgan, joniga qast etilgan, ko’chishga majburlangan Rohingiyalik/Arakan musulmonlar yashagan dramma natijasida, Bangladeshdan bosh pana so’ramoqda, uzoq masofalar tufayli g’arb davlatlariga kela olmagani uchun Xalqaro jamoatchilik yoxut global kuchlarning diqqatini jalb qilmagan. E'tiborini tortganda esa adolatli bir yechim izlab izlamasligi esa noma’lum. Global kuchlarning oraga kirishi bilan Falastin mana nima ahvolga kelgan, ishg’ol natijasida tuproqlari kun o’tgan sari kichrayib borgan Falastin endi ochiq qamoqxonaga aylangan vaziyatda. Albatta bu yo’nalishga tomon tirishqoq g'ayrat qilish kerak. Yuqorida zikr etilgan inqirozlar afsuski musulmon jamiyatlarda sodir bo’lmoqda. Bu masalalarni alohida muhokama qilishi shart.

 

Global kuchlar oraga kirgach muammolar nima uchun davomli holga kelmoqda?

 

Balki buning asosiy sababi, global kuchlarning dunyo qarashidir. Xalqaro siyosat qadriyat, adolat, haqqoniyat, tamoyillar doirasida emas manfaatlar asosiga ko’ra olib borilmoqda. Yevropa Ittifoqi Turkiya spikeri Kati Piri xonimning PKKni Yevropa uchun xavf tashkil etmaganini aytishi, ularni nazariyasini ochiqcha ko’rsatmoqda. Buni o’zlariga zarar bermaguni uchun qayg’ulanmaganliklarini bildirishi insonlik nuqtai nazaridan daxshatli. Bu masalalarga imperialist nazariya bilan qaramaymiz bizga yarashmaydi. O’z manfaati uchun qoida tanimaganlar har turli yo’lni izlaydi. Bizning madaniyatimizda urushning ham bir huquqi bor. Huquqni urush holiga emas, urushni huquq qoidalariga ko'ra lib borgan tartibotimiz mavjud. Qadriyat-adolat emas, maqsadiga erishish uchun chegara bilmagan, manfaarlari doirasida yo’l izlagan aktyorlar sababchi bo’lgan muammolarga, mintaqamizdagi masalalarga ham bu nuqtai nazardan qarash kerak.

Global kuchlar, bir biriga zarar berish maqsadida tez tez mintaqaviy inqirozlarni dastaklamoqda. Mintaqa davlatlaridan, imperialist maqsadlar doirasida boshqalariga zarar berish uchun ulardan foydalanmoqda. Ushbu aktyorlar taranglikni o’zlari maydonga keltirmasa ham mavjud inqirozlarning davom etishini tilab, bu doirada siyosat olib bormoqda. AQShning Suriya bilan bog’liq uslubi ham bunga ochiq-oydin namuna tashdik etadi. Global aktyorlar qurol-yaroq savdosi bilan mintaqaviy inqtirozlarni o’zlariga tijoriy imkon sifatida ko’rmoqda. Boshqa tomonda global kuchlar, mintaqaviy inqirozlardan deyarli hech ta’sirlanmayapti. Bu inqirozlarning badalini mintaqa dalatlari to’lamoqda.

Global akyorlar mintaqada davomli bo’lmaydi. Ular biroqarlar orasiga solgan nifoq urug’lari ham samara bermaydi. Albattaki barcha masalalarning sababi global kuchlar emas. Aslida tarangliklarning manbayi va global kuchlarning oraga kirishi mintaqa davlatlari izlagan uslubdir. Bu bilan mintaqa davlatlarining xatolarini alohida muhokama qilish kerak. Men mintaqaviy masalalarga yechim topish uchun izlanadigan yo’llar yohud noto’g’ri uslubning natijalaridan bahs atayapman. Bu masala mintaqaviy ko’lamda hal etilmaguncha global kuchlarning raqobati natijasida mintaqa davlatlari jabr ko’rishga davom etadi.

Qo’shnu davlatlardagi tarqoq, mazhabchi, irqchi siyosatlarni tanqid qilish uchun haqqimiz bor. Mintaqa davlatlarining bu siyosati tufayli yechim izlash tashabbuslari bizga salbiy shaklda qaytmoqda. Lekin yuqorida aytilgan chora-tadbirlar doirasida, global aktyorlarning oraga kirishi, inqirozlarga yechim topmagan bo’lib tezkarisiga taranglikni avjiga ko’targandir. Chuqurlashib borgan muammolar mintaqa davlatlariga boshqalarining aralashishiga fursat bermoqda. Bu esa ming yillardan beri ayni geografiyada yashagan xalqlarni bir biriga dushman qilib, ularnnig istiqomatgohini tubdan o’zgarishiga olib kelmoqda. Shuning uchun, mintaqaviy tarangliklar, nima bo’ishidan qat’iy  nazar, mintaqa davlatlari orasiga yechim topishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilishi kerak.

 

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalarini taqdime ttik.


Tanlangan kalimalar: umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar